OneNote ta'lim hamkorlari
OneNote ilovasidagi OneNote sinf daftari Oʻrganish vositalarining oʻzaro ishlashi (LTI) bilan LMS integratsiyasiga ega.

Blackbaud
Blackbaud tizimi xususiy maktablar uchun o’ziga xos va mos tarzda kelajakni taqdim etishga mo‘ljallangan. Bu osongina talabalar uy vazifalarini tekshira olishi, o‘qituvchilar o‘quvchilarning baholarini tekshirib borishi, ota-onalar to‘lovlarni amalga oshirib borishi, maktab xodimlari ma’muriy vazifalarni bajarishi uchun zamonaviy, bulutli tizimga asoslangan hamda to‘liq o‘zaro bog‘langan xizmatdir.
Blackboard
Blackboard missiyasi innovatsion texnologiyalar va xizmatlardan foydalangan holda oʻquvchilarga hamda institutsional muvaffaqiyatlarga erishish uchun global taʼlim hamjamiyati bilan sheriklik qilishdir. Oʻquvchi dunyosini cheksiz tushunish, talabalar yutuqlarining eng keng qamrovli yechimlari va innovatsiyalar uchun eng katta imkoniyatlarga ega boʻlgan Blackboard taʼlim sohasidagi oʻzgarishlarga hamkordir.
Brightspace
Ta’lim texnologiyalari sohasida global yetakchi hisoblangan D2L kompaniyasi dunyoning haqiqiy integratsiyalangan ta’lim platformasi sanalmish Brightspace xizmatining ishlab chiquvchisi hisoblanadi. D2L kompaniyasining ochiq va kengayuvchi platformasi oliy ta’lim, K-12, sog‘liqni saqlash va hukumat sohasida 1100 dan ortiq mijoz tarafidan hamda qariyb 15 million foydalanuvchi tarafidan foydalaniladi. Ularning yechimlari hech qanday qiyinchiliksiz Office 365, Outlook, OneDrive, Mix va OneNote bilan integratsiyalanadi.
Canvas
99.9% ishlash quvvatiga ega Canvas eng ko'p qo'llaniladigan, shaxsiy sozlanadigan, moslashtiriladigan hamda ishonchli ta'lim platformasidir. U boshqa har qanday LMS'lardan ko'ra tezroq ishlaydi va ko'proq foydalanuvchilar tarafidan ko'proq usullar bilan foydalaniladi deb tan olingan. Canvas har kim uchun o'rgatish va o'rganishda qanday qulayliklarni yaratishni ko'ring.
itslearning
Bu yerda, taʼlim markazida K12 dasturi uchun boshlanishidan tushunarli va foydalanish juda qiziq boʻlgan Taʼlim jarayonini boshqarish tizimini (LMS) topasiz. U juda aqlli boʻlib, sinfxonaning jismoniy chegaralaridan chiqqan holda har bir oʻquvchiga standartlarga muvofiq resurslarni tavsiya qiladi. U, shuningdek, shunday ilhombaxshki, oʻqitish va oʻrganish jarayoniga zavqlanishni qaytaradi.
LoveMySkool
LoveMySkool oʻqituvchilarga butun dunyo boʻylab talabalarni oʻquv jarayoniga jalb qilish imkoniyatini beradi. Uning yuqori darajada rivojlangan xususiyatlari uni eng yaxshi Taʼlim jarayonini boshqarish tizimlaridan biriga aylantiradi.
Moodle
Moodle dunyodagi ochiq manbali ta'lim platformasi bo'lib, maktablar, universitetlar, ishxonalar va dunyo bo'ylab boshqa tarmoqlar taraifdan 100 dan ortiq tilda foydalaniladi. O'qituvchilar, ma'murlar va talabalar, jumladan, mobil qurilmalarda foydalanish uchun mo'ljallangan qulay shaxsiy sozlanuvchi vositalar qutisi bilan undan turli tuzilmalarga bo'lingan treninglardan tortib ochiq hamkorlik maydonlarigacha to'liq onlayn yoki aralashgan rejimda foydalanish mumkin.
NEO By Cypher Learning
NEO Taʼlim jarayonini boshqarish tizimi (LMS) boʻlib, u onlayn darslarni yaratish, talabalarni baholash, birgalikda ishlashni yaxshilash yoki oʻzgarishlarni kuzatish kabi barcha oʻquv jarayonlarin yaratish va boshqarishni osonlashtiradi.
Sakai
Sakai koʻplab kuchli, moslashuvchan vositalarni taqdim etadi, bu ajoyib oʻqitishni, qiziqarli oʻrganishni va dinamik ravishda birgalikda ishlashni taʼminlaydi.
School Bytes
School Bytes LMS'lari yordamida o'qituvchilar OneNote sinf daftar ilovalaridan foydalangan holda o'z darslari uchun vazifalarni va baholashlarni yarata oladilar. Kiritilgan o'zgartirishlar School Bytes'ga qaytib avtomatik tarzda nashr qilinadi, shu bilan ma'lumotlarni qo'lda kiritish ehtiyoji qolmaydi. Beto'xtov ishlaydigan Microsoft Office onlayn dasturlarimiz integratsiyasi bilan o'qituvchilar va talabalar yagona hamda xususiyatlarga boy Office 365 imkoniyatlarga kira oladilar.
Schoology
Schoology – bu taʼlim texnologiyasini taqdim qiluvchi kompaniyasi boʻlib, taʼlim jarayonida birgalikda ishlashga urgʻu beradi. Schoology'ning taʼlim uchun buluti odamlarni, kontent hamda tizimlarni bogʻlaydi, natijada taʼlim jarayonini tezlashtiradi va taʼlimni moslashtirish hamda talabalar bilimini yaxshilashda kerak boʻladigan barcha kerakli vositalar bilan taʼminlaydi. Dunyo boʻyicha K-12 turdagi 60 000 maktab va universitetlarning 12 milliondan ziyod oʻqituvchi-yu talabalari oʻqitish va taʼlim olishlarini oʻzgacha bir shaklga keltirish uchun Schoology texnologiyasidan foydalanishmoqda.