Usulingizni yarating
Eng yaxshi fikrlaringizni salfetka yoki yopishtiriladigan qayd qog‘ozlariga akslantirasizmi? O‘zingizning uslubingiz bormi? OneNote sizning har qanday shakldagi fikrlaringizni kiritishda yordam bera oladi. Xuddi qog‘ozga ruchka bilan yozgandek matn kiriting, qo‘lda yozing yoki chizing. Rasmli fikrlar uchun internetdan qidiring va qaydingizga qo‘shing.

Hamma bilan hamkorlikda ishlashingiz mumkin
Jamoangiz asr fikri ustida kurash olib bormoqda. Oilangiz katta mehmondorchilik uchun menyu tuzishmoqda. Shu sahifada qoling va qayerdan bo‘lishingizdan qat’i nazar sinxronlashingiz mumkin.

Fikrlaringiz ”qog‘ozga” tushiring
Tayyor. O‘rnatildi. Chizing. Sizga faqat pero yoki barmoq uchi kerak bo‘ladi. Qo‘lyozma qaydlar yozib boring va ularni keyinchalik bosma harflarga o‘giring. Muhimlarini ajratib belgilang va fikrlaringizni ranglar yoki shakllar yordamida boyiting.

Hamma joyda foydalanish mumkin
Diqqat qiling. Kontentlaringizdan har yerdan, hatto oflaynda ham osongina foydalanish mumkin. Noutbukda boshlab, keyin telefonda qaydlarni yangilashingiz mumkin. OneNote dasturi har qanday qurilma yoki platformada ishlaydi.

-
Windows
-
Apple
-
Android
-
Veb
Office bilan yanada yaxshiroq
OneNote siz biladigan Office dasturlari oilasining a’zosi hisoblanadi. Qaydlarni Outlook dasturidagi xatlar yoki Excel jadvalining o‘zidan yasashingiz mumkin. Barcha sevimli Office ilovalari bilan birgalikda ko‘p narsalar qilishingiz mumkin.

Sinfda ulanish
Hamkorlikda ishlanadigna joyga barcha talabalarni yig‘ing yoki har biriga alohida shaxsiy daftarlaridan foydalanishga imkoniyat yarating. Endi qo‘lda hech narsa yozish shartmas. Markazish kontent kutubxonasi yordamida darslarni tashkillashtirish va topshiriqlar berish mumkin.
